18:18 / 29.07.2020
5330

Jondordagi elektr stansiyasida yong‘in sodir bo‘ldi. Tumanning aksar qismi elektrsiz qolgan

Buxoro viloyatining Jondor tumanida joylashgan elektr tarqatish stansiyasida sodir bo‘lgan yong‘in tufayli tumandagi aholi punktlari elektr tarmog‘idan uzilgan.

Foto: Buxoro viloyati xokimligi

Viloyat hokimligi axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra yong‘in bugun, 29 iyul kuni ertalab sodir bo‘lgan. Yong‘in xavfsizligi otryadlari ofatni bartaraf etishgan.

Buxoro viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz`ga ma'lum qilishicha, 29 iyul kuni soat 09:50da Jondor tumani favqulodda faziyatlar bo‘limi dispetcherlik xizmatiga yong‘in haqida xabar kelib tushgan. Xabarda «Buxoro hududiy elektr tarmoqlari» AJga qarashli 110-35-10 kvli Jondor podstansiyasida yong‘in bo‘layotgani aytilgan. 

Belgilangan manzilga 5ta yong‘in qutqaruv avtoekipajlari jalb etilgan. Yong‘in oqibatida 1 dona 10 000 kvli transformatorning ichki qismidagi elektr simlari va 15 tonna moy yongan.

Yong‘in sodir bo‘lgan manzilga 3 km. masofadan soat 10:00da yong‘in qutqaruv bo‘linmalari yetib borib, 10:25da alanga o‘rab olingan va 11:30da batamom o‘chirilgan. Yong‘in sabab fuqarolarning kuyish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan. Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining aniqlik kiritishicha, yong‘in oqibatida tumandagi 52ta mahallaning 50tasida elektr ta'minoti uzilgan.

Mavzuga oid
Top