Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 276 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 29 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22 169 (+276) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
So‘nggi 10 soat ichida respublikaning 8 hududida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi kasallanish holatlari qayd etilgan.
- Toshkent viloyatida 153 nafar;
- Toshkent shahrida 51 nafar;
- Namangan viloyatida 30 nafar;
- Sirdaryo viloyatida 12 nafar;
- Farg‘ona viloyatida 12 nafar;
- Qashqadaryo viloyatida 11 nafar;
- Qoraqalpog‘istonda 4 nafar
- Navoiy viloyatida 3 nafar.
Ayni paytda yurtimizda 12 265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 9 777 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 209 nafari og‘ir, 88 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.