15:55 / 29.07.2020
2825

Tailandda favqulodda holat rejimi 31 avgustgacha uzaytirildi

Tailandda favqulodda holat rejimi 26 martda joriy etilgan bo‘lib, shu kungacha uch marta uzaytirilgandi.

Foto: RIA Novosti

Tailand vazirlar mahkamasi COVID-19 pandemiyasi sababli mamlakatdagi favqulodda holat rejimini 31 avgustgacha uzaytirdi. Bu haqda hukumat matbuot kotibi Narumon Pinosimvat ma'lum qildi.

"Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi sababli vazirlar mahkamasi tomonidan favqulodda holat rejimi 31 avgustgacha uzaytirildi", - dedi u.

Tailandda favqulodda holat rejimi 26 martda joriy etilgan bo‘lib, shu kungacha uch marta uzaytirilgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 3,3 ming kishi koronavirus yuqtirgan, 58 kishi vafot etgan.

Mavzuga oid
Top