08:30 / 30.07.2020
7357

Toshkentda avtobus va yuk transporti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH sababli hech kim jabrlanmagan.

Toshkent shahrining Olmazor tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda poytaxt IIBB.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28 iyul kuni soat 11:00da Toshkent halqa avtomobil yo‘lida 18-avtoparkka tegishli ISUZU rusumli avtobus haydovchisi, 30 yoshli R.Sh. yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari uchun kutilmagan harakat (manyovr) sodir etgan. 

Bildirilishicha, yaqin atrofda harakatlanib borgan «Zil-131» rusumli yuk avtomobili haydovchisi, 28 yoshli M.B. favqulodda to‘xtash uchun barcha choralarni ko‘rishiga qaramasdan, avtobusning yon tomoniga to‘qnashishi natijasida avtobus ag‘darilib ketgan.  

YTH sababli hech kim jabrlanmagan.

«Hurmatli jamoat transportlari haydovchilari! Unutmang, ko‘pchilikning hayoti – sizning sog‘lig‘ingiz, yo‘lovchilarning salomatligi, hamda yaqin atrofdagilarning xavfsizligi sizning qarorlaringizga bog‘liq. Transport qanchalik yirik ekan, atrofdagilar uchun avariyaviy holatda shunchalik katta xavf tug‘diradi. Ehtiyot bo‘ling, yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling», - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid
Top