18:42 / 30.07.2020
5951

Tramp prezidentlik saylovlarini ko‘chirishni taklif qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp noyabr oyida bo‘lib o‘tishi belgilangan prezidentlik saylovlarini kechiktirishni taklif qildi.

Tramp saylovchilar xavfsizligi uchun shunday taklif bergan.

«Pochta orqali ovoz berish bilan 2020 yilgi saylovlar tarixdagi eng yomoni bo‘lib qoladi. Bu AQSh uchun uyatli saylov bo‘ladi. Saylovlarni odamlar bemalol va xavfsiz ovoz bera oladigan davrgacha ko‘chirish kerakdir?», deb yozdi Tramp tvitterdagi sahifasida.

Oldinroq AQShdagi ba'zi shtatlar koronavirus pandemiyasi sabab ovoz berish jarayonini pochta orqali ko‘chirishni yo‘lga qo‘yganini ma'lum qilgandi.

Mavzu
AQSh-2020
2020 yilning 3 noyabrida AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. 3 fevral kuni demokratlar qarorgohida birlamchi saylovlar - kokuslar va praymerizlar boshlangan.
Barchasi
Top