23:34 / 31.07.2020
24706

Bir kunda 800ga yaqin bemor sog‘aydi

31 iyul kuni respublikaning 8 hududida jami 784 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 14 ming 464 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 31 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha navbatdagi rekord qayd etilganini ma'lum qildi.

  • Toshkent shahrida 467 nafar;
  • Toshkent viloyatida 184 nafar;
  • Andijon viloyatida 41 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 32 nafar;
  • Xorazm viloyatida 22 nafar; 
  • Sirdaryo viloyatida 21 nafar;
  • Namangan viloyatida 13 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 4 nafar.

«Shunday qilib, yurtimizda 14 464 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 60 foizni tashkil qilmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, sog‘ayganlar ko‘rsatkichi bo‘yicha so‘nggi rekord natija kecha, 30 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda mamlakatimizning turli hududlarida 743 nafar bemor tuzalgandi.
 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top