18:18 / 31.07.2020
15916

O‘zbekistonlik 144 nafar mehnat migranti charter reys bilan Rossiyaga ishga jo‘natildi

O‘zbekistonlik 144 nafar fuqaro mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiyaning Amur viloyatiga jo‘natildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Ma'lum qilinishicha, rossiyalik ish beruvchilar va mas'ul tashkilotlar bilan kelishgan holda 31 iyul kuni 144 nafar o‘zbekistonlik Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun charter reys bilan uchib ketdi.

Ta'kidlanishicha, mazkur fuqarolar 14 kunlik karantindan so‘ng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obektlarida ish boshlaydi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Qo‘shimcha qilinishicha, iyun oyida 33 nafar O‘zbekiston fuqarosi yirik qurilish obektlarida ishlash uchun Qozog‘istonning Sharqiy Qozog‘iston viloyatiga tashkillashtirilgan holda jo‘natilgandi.

Top