00:02 / 02.08.2020
43651

JSST koronavirus pandemiyasi yana qancha vaqt davom etishini taxmin qildi

Foto: Reuters

Qo‘mitaning ta'kidlashicha, dunyodagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda.

JSST favqulodda qo‘mitasi koronavirus pandemiyasi hali uzoq davom etishini taxmin qilmoqda. Bu haqda tashkilot bayonotida ma'lum qilindi.

Qo‘mitaning ta'kidlashicha, dunyodagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Tashkilot mamlakatlarning infeksiyaga qarshi kurashdagi choralari muhimligini bildirdi va yoshlarni kasallik tarqalishining oldini olishga chaqirdi.

JSST favqulodda qo‘mitasi pandemiya bilan bog‘liq vaziyatga yana 3 oydan so‘ng baho beradi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 17,5 milliondan oshgan. Pandemiya 188ta mamlakatni qamrab olgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top