22:14 / 05.08.2020
28655

Bayrutdagi portlash vaqtida kruiz layneri cho‘kib ketdi 

Bayrut portidagi portlashdan keyin sohil yaqinida turgan Orient Queen kruiz layneri cho‘kib ketdi.     

Layner Livannning Abou Merhi Group kompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Bu haqda OTV telekanali xabar berdi.  

Voqea oqibatida kema ekipajining 2 nafar a'zosi halok bo‘lgan, 7 nafari jarohat olgan.

Layner egasining ma'lum qilishicha, kema Bayrut portida turgan. Portlash natijasida unga jiddiy shikast yetgan va tryumiga suv to‘la boshlagan. Laynerni tezkorlik bilan ta'mirlash va asrab qolish bo‘yicha urinishlar besamar ketgan va u port akvatoriyasida cho‘kib ketgan.

Ta'kidlanishicha, Orient Queen 121 metr uzunlikka, 7,4 tonna suv sig‘imiga ega bo‘lgan va 1989 yilda qurilgan. 

Livan poytaxti Bayrutda 4 avgust kuni ikkita portlash yuz berdi. Portlashlar oqibatida 100dan oshiq kishi halok bo‘lgan, 4 mingdan ortiq kishi jarohatlangan, shahardagi bir necha kvartal butunlay vayron bo‘lgan. Hukumat bergan bayonotga ko‘ra, shaharning port hududida saqlangan nitrat ammoniyning (ammiak selitrasi) katta partiyasi portlagan, bu moddalar ko‘p vaqtdan buyon tegishli xavfsizlik choralari ko‘rilmagan holda saqlangan.

Mavzu
Bayrutdagi portlash
4 avgust kuni Livan poytaxti Bayrutda vayronkor portlash ro‘y berdi.
Barchasi
Top