20:47 / 06.08.2020
7689

Nazorat bahsi. O‘zbekiston milliy jamoasi O‘zbekiston U19 ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etgan O‘zbekiston milliy jamoasi va O‘zbekiston yoshlar jamoasi o‘zaro nazorat uchrashuvida maydonga tushishdi.

FOTO - O‘FA matbuot xizmati.

Milliy jamoamiz bosh murabbiyi Vadim Abramov singari yoshlar jamoamiz ustozi Temup Kapadze ham o‘rtoqlik o‘yini davomida bir qator futbolchilarni sinovdan o‘tkazishdi.

Uchrashuv kutilmaganda Kapadze shogirdlarining ustunligi bilan boshlanib, Hoshimov va Roziyevning gollari evaziga yoshlar hisobda oldinga chiqib olishgandi – 0:2.

Ammo o‘yinning keyingi daqiqalarida Vadim Abramov shogirdlari Bobir Abduxoliqov, Temurxo‘ja Abduxoliqov va Azizbek Turg‘unboyevlarning gollari evaziga nazorat bahsida irodali g‘alabaga erishishdi – 3:2.

6 avgust (payshanba)
Nazorat uchrashuvi. Toshkent. 
O‘zbekiston milliy jamoasi - O‘zbekiston U19 - 3:2

Gollar: Bobir Abdixoliqov 27, Temurxo‘ja Abduxoliqov 62 pen, Azizbek Turg‘unboyev 77 - Ulug‘bek Hoshimov 10, Ruslan Roziyev 22 penaltidan.
O‘zbekiston: Mashhur Muhammadjonov, Igor Golban, Islomjon Qobilov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Husniddin G‘ofurov, Nurillo To‘xtasinov, Sanjar Qodirqulov, Sharof Muhitdinov, Lutfulla To‘rayev, Jasur Hasanov, Bobir Abdixoliqov.
O‘zbekiston U-19: Abduvohid Ne'matov, Odil Abdumajidov, Asliddin Toshtemirov, Murod Hojimberdiyev, Said Azamat Mirsaidov, Bektemir Abdumannonov, Diyorbek Rahimqulov, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Davron Anvarov, Ulug‘bek Hoshimov, Ruslan Roziyev.

FOTO - O‘FA matbuot xizmati.
FOTO - O‘FA matbuot xizmati.
Top