13:00 / 07.08.2020
2903

Ishbilarmonlik muhitini baholash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rov natijalari iyul oyida o‘rtacha pasayishni ko‘rsatdi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) joriy yilning iyul oyida korxonalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovning navbatdagi bosqichini amalga oshirdi. So‘rovnomada respublikaning barcha hududlaridan 1003 ta korxona qatnashdi.

2020 yil iyul oyida ishbilarmonlik muhiti, hozirgi holat va rivojlanish istiqbollari ko‘rsatkichlari o‘rtacha pasayishlarni ko‘rsatdi. Biroq, joriy ko‘rsatkichlar bu yil may oyi natijalaridan yuqori bo‘lib qolmoqda (1-rasm).

1-rasm. Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlarining dinamikasi, rivojlanish istiqbollari va hozirgi holati

Korxonalarni o‘rganish ikki yo‘nalishda olib borildi: biznesning hozirgi holatini sifatli baholash va tadbirkorlarning keyingi 2-3 oy ichida o‘z bizneslarini rivojlantirish istiqbollariga bo‘lgan umidlari.

Ishbilarmonlik muhitini baholash natijalari

Biznesning hozirgi holatdagi ko‘rsatkichi

Biznesning joriy holat ko‘rsatkichi o‘rtacha pasayishni ko‘rsatdi va o‘tgan oyga nisbatan 11 punktga pasaygan holda 19 punktni tashkil etdi, bu esa biznesning joriy holati bilan bog‘liq ishbilarmonlik kayfiyati o‘rta darajacha ijobiy ekanligini anglatadi (1-jadval).

1-Jadval. O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlarining ahamiyati

So‘rov natijalariga ko‘ra, korxonalarning 30 foizi biznesning hozirgi holatini "yaxshi", 47 foizi - "qoniqarli" va 23 foizi - "yomon" deb baholagan.

Tovarlarga/xizmatlarga talab "yaxshilandi", 32 foiz korxonalar bu haqda xabar berishdi. Bundan tashqari, respondentlarning 32 foizi - "o‘zgarmadi", 32 foizi - "yomonlashgan" deb javob berishgan. Shu o‘rinda, ishchilar soni 17 foiz korxonalar tomonidan - “o‘sdi”, 68 foizi - “o‘zgarmadi”, 15 foizi - “kamaydi” deb qayd etilgan.

Biznesni rivojlanish istiqbollari ko‘rsatkichi

Keyingi 2-3 oy ichida biznesning rivojlanish istiqbollari ko‘rsatkichi 68 punktni tashkil etdi, iyun oyiga nisbatan 6 punktga pasaygan, bu tadbirkorlarning keyingi 2-3 oyda o‘z bizneslarini rivojlanish istiqbollariga nisbatan umidlari ijobiy ekanligidan dalolat beradi (1-jadval).

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, so‘rovda ishtirok etgan korxonalarning 68 foizi biznesni rivojlanish istiqbollarini "yaxshilanmoqda" deb baholagan, 29 foizi "o‘zgarmaydi" va faqat 3 foizi "yomonlashadi" deb taxmin qilishgan.

So‘rovnomada tovarlarga/xizmatlarga bo‘lgan talabni korxonalarning 65 foizi - “Yaxshilanadi”, 30 foizi - "O‘zgarmaydi", 5 foizi - "Yomonlashadi", deb javob berishgan. Keyingi 2-3 oy ichida korxonalarning 53 foizi - ishchilar soninini "O‘sishi" kutilmoqda, deb qayd etgan bo‘lsa, 45 foizi - "O‘zgarmaydi", 2 foizi - esa "Pasayadi", deb javob berishgan. So‘rovda qatnashgan korxonalarning 36 foizi o‘z tovarlari/xizmatlari narxlarining “o‘sishini” kutmoqda, 61 foizi - tovarlar/xizmatlar narxlari “o‘zgarmaydi” va faqat 3 foizi “pasayadi” deb ishonadi.

Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi

Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi 42 punktdan kamayganligini ko‘rsatgan holda 9 ballni tashkil etdi. Ya'ni mamlakatdagi ishbilarmonlik muhiti holati yaxshi deb baholanmoqda (1-jadval).

Mavjud holat ko‘rsatkichlari va istiqbollarni kutish o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida kelgusi 2-3 oy uchun mamlakatda iqtisodiy siklning bosqichlarini aniqlash mumkin (2-rasm).

2-rasm. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy siklining bosqichlari

Shuni ta'kidlash kerakki, Rossiyada (-5) va Xitoyda (51,1) ishbilarmonlik muhitining o‘xshash ko‘rsatkichlarini baholash o‘tgan oyga nisbatan mos ravishda 1 va 0,2 foiz punktga o‘sdi; Turkiyada (101) 8,4 punktga va Janubiy Koreyada (57) 6 punktga ortishi kuzatildi.

Ishbilarmonlik muhitini baholash uchta asosiy ko‘rsatkichni o‘z ichiga oladi:

Biznesning hozirgi holatini baholash. U "yaxshi" va "yomon" javoblar o‘rtasidagi farq sifatida umumiy tanlanganning foiziga qarab hisoblanadi. Hozirgi holatning qiymati -100 balldan (barcha respondentlar hozirgi holatni yomon deb baholaydi) 100 ballgacha (barcha respondentlar hozirgi holatni yaxshi deb baholaydilar);

Keyingi 2-3 oyda biznesni rivojlantirish istiqbollari. Ushbu "yaxshilanadi" va "yomonlashadi" degan javoblar o‘rtasidagi farq jami tanlanganlarga foiz sifatida hisoblanadi. Kutish qiymati -100 balldan (barcha respondentlar o‘z bizneslarining yanada yomonlashishi mumkinligini taxmin qilishmoqda) 100 ballgacha o‘zgaradilar (barcha respondentlar o‘z bizneslarining yanada yaxshilanishini kutishmoqdalar);

Ishbilarmonlik iqlimining qiymati joriy holat va biznes istiqbollarining o‘rtacha balans qiymatlari asosida hisoblanadi. Ishbilarmonlik iqlimining qiymati -100 ball (barcha respondentlar hozirgi ahvolni yomon deb baholadilar va biznesining yanada yomonlashishini kutmoqda) va 100 ball (barcha respondentlar hozirgi holatni yaxshi deb bilishadi va o‘z bizneslarida yanada yaxshilanishni kutishadi).

Top