17:49 / 07.08.2020
13764

Tixanovskaya prezidentlikka nomzodini qo‘yganidan afsuslanayotganini aytdi

Svetlana Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, u nomzodi ro‘yxatga olinganidan so‘ng saylovda ishtirok etmaslik haqida bir necha marta o‘ylagan, ammo yordamchilari uni bunday qilmaslikka ko‘ndirgan.

Foto: RIA Novosti

 Svetlana Tixanovskaya Belarus prezidentligiga nomzodini ilgari surishi ahmoqlik bo‘lganini aytdi. U bu haqda tut.by portaliga bergan intervyusida ana shu fikrni bildirdi.

"Uyga keldim va erimning harakatlari zoye ketayotganligidan xafa bo‘lib ketdim. So‘ng mana shu qarorga keldim. O‘shanda hech qanday ikkilanish bo‘lmagandi. Agarda keyinchalik og‘ir bo‘lishini bilganimda yuz martalab o‘ylagan bo‘lardim. O‘shanda bu qahramonlik bo‘lganmidi yoki ahmoqlik, deb o‘ylayapman. Menimcha, ahmoqlik", dedi u.

Tixanovskayaning so‘zlariga ko‘ra, u nomzodi ro‘yxatga olinganidan so‘ng saylovda ishtirok etmaslik haqida bir necha marta o‘ylagan, ammo yordamchilari uni bunday qilmaslikka ko‘ndirgan.

Belarusda prezidentlik saylovlari 9 avgustda bo‘lib o‘tadi. Ushbu lavozimga Svetlana Tixanovskayadan tashqari amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko, "Govori pravdu" jamoat harakati hamraisi Andrey Dmitriyev, parlament quyi palatasi sobiq deputati Anna Kanopatskaya va "Belorusskaya sotsial-demokraticheskaya Gramada" partiyasi raisi Sergey Cherechen da'vogarlik qilmoqda.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top