00:11 / 08.08.2020
45364

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik o‘sish 700dan kamaydi

O‘zbekistonda 7 avgust kuni 690ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 29 ming 225taga yetdi. Bugun shuningdek, 793 bemor tuzaldi, 6 bemor vafot etdi.

«Shu yilning 7 avgust kuni mamlakatimizda 690 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

7 avgust kuni respublikaning 7 hududida yangi holatlar qayd etilgan. Yangi kasallanish holatlari tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda ilk marta kunlik o‘sish 700dan past bo‘ldi.

Yangi holatlar (+690)

  • Toshkent shahrida 469 holat;
  • Toshkent viloyatida 178 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 8 holat;
  • Xorazm viloyatida 15 holat;
  • Andijon viloyatida 13 holat.
  • Xorazm viloyatida 7 holat. 

Tuzalganlar (+793)
Bugun respublikaning 8 hududida jami 793 nafar bemor sog‘aydi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 20 ming 380 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 491 nafar;
  • Toshkent viloyatida 169 nafar;
  • Buxoro viloyatida 40 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 34 nafar;
  • Andijon viloyatida 20 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 19 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 12 nafar;
  • Xorazm viloyatida 8 nafar. 

O‘lim holatlari (+6)
Bugun hozircha yana oltita o‘lim holati qayd etildi va O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni rasman 183taga yetdi.

  • Olmazor tumanida yashagan 39 yoshli B.S. (erkak);
  • Uchtepa tumanida yashagan 68 yoshli L.K. (ayol);
  • Qibray tumanida yashagan 69 yoshli S.B. (erkak);
  • Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 71 yoshli N.I. (ayol);
  • Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli S.M. (ayol);
  • Yangiyo‘l tumanida yashagan 54 yoshli B.Sh. (erkak).

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 8 662 nafar bemordan 786 nafari og‘ir, 275 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top