14:45 / 08.08.2020
29645

"Tolibon" qurollarni kimdan sotib olishini ma'lum qildi

 Suhayl Shahinning so‘zlariga ko‘ra, harakat qurol-yarog‘larni Kobul ma'muriyatidan sotib olgan.

Foto: AP Photo / Rahmat Gul

 Toliblar Rossiya va mintaqadagi boshqa mamlakatlar bilan faqat siyosiy muloqotda, qurollarni esa Afg‘oniston armiyasidan oladi. Bu haqda harakatning Qatardagi siyosiy ofisi vakili Suhayl Shahin ma'lum qildi.

 "Siyosiy ofisimiz Rossiya bilan ham, qo‘shni mamlakatlar bilan ham muloqotda. Faqat siyosiy darajada. Biz harbiy munosabatlar o‘rnatmaganmiz", - dedi Shahin.

U shuningdek, harakatning qurollanishi haqida ham ma'lumot berdi.

 "Qurollarimizga kelsak, Afg‘onistonda qurol zaxiralarimiz bor va Kobul ma'muriyatidan – armiyadan ham qurol sotib olamiz. Ularning yuz minglab qurollari yo‘qolib qolgani yoki o‘g‘irlangani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgandi. O‘sha qurollarni biz sotib olganmiz. Bizda qurol-yarog‘ ko‘p. Bularning barchasini Kobul ma'muriyatidan olganmiz", - dedi u.

Top