Uchta aviaqatnov Toshkent shahriga amalga oshiriladi.
Xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini vatanga olib kelish uchun 2 avgustdan 16 avgust kunlari davomida amalga oshirilishi belgilangan charter reyslarining parvoz yo‘nalishiga qisman o‘zgartirish kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra:
- 7 avgust kuni Toshkent – Rostov-Don – Namangan;
- 8 avgust Toshkent – Sankt-Peterburg – Namangan;
- 9 avgustga belgilangan Toshkent – Moskva – Namangan aviaqatnovlari Toshkent shahriga amalga oshiriladi.
Shuningdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Rossiya Federatsiyasining Orenburg va Samara viloyatlaridagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish uchun 2 ta poyezd qatnovi tashkil etildi.
Mazkur poyezdlarning birinchisi 9 avgust kuni Namangan shahriga, ikkinchisi esa 9 avgust kuni Samarqand shahriga kirib boradi. Poyezdlarda olib kelingan barcha fuqarolar o‘rnatilgan tartibda karantinga joylashtiriladi.
Rossiya Federatsiyasining Rostov-Don viloyatidagi fuqarolarni olib kelish maqsadida uchinchi poyezd qatnovi ham tashkil etildi. Ushbu poyezd 13 avgust kuni Toshkent shahriga kirib keladi.