18:35 / 08.08.2020
7019

«Yuventus» Mauritsio Sarrini iste'foga chiqardi

«Yuventus» rasmiy sayti klub Chempionlar ligasi turnirini tark etgani sababli bosh murabbiy Mauritsio Sarri iste'foga chiqarilganligini e'lon qildi.

Foto: AFP

«Yuventus»ning Italiya A Seriyasida ketma-ket 9-chempionligini qo‘lga kiritib, klub tarixida yangi sahifa ochgan Mauritsio Sarriga minnatdorchilik bildirib qolamiz. Bu Sarrining Italiya futbolidagi sarguzashtlarida nihoyat cho‘qqini zabt etishiga imkon yaratdi», - deyiladi klub bayonotida.

«Yuventus» joriy mavsumda A Seriyada «Inter»dan bir ochko ko‘proq jamg‘arib, skudettoni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, «Lion»ga qarshi YeChL 1/8 final ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (0:1, 2:1), turnirni tark etishga majbur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Sarri 2019 yil yozida «Yuventus»ni tark etgan Massimiliano Allegri o‘rniga jamoa bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan edi.

Top