21:33 / 10.08.2020
10660

Maxsus militsiya kuchlari Minsk markazidagi ko‘chalarni o‘rab olmoqda

9 avgust kuni mamlakatda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Ekzitpol natijalari e'lon qilingach, Minsk markazi va Belarusning boshqa shaharlarida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi.

Foto: Sputnik

Belarus huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari mamlakat poytaxtidagi ko‘chalarni o‘rab oldi.

Atrof metall to‘siqlar bilan o‘ralgan, kuch ishlatish tuzilmalarining maxsus texnikalari yetib keldi, shaharda mobil aloqa faoliyati to‘xtamoqda, deb xabar berdi TASS muxbiri.

Xabar qilinishicha, vaziyat hozircha tinch, ko‘plab odamlar to‘planishi kuzatilmayapti.

9 avgust kuni mamlakatda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, prezident Aleksandr Lukashenko 80,08 foiz ovoz to‘plagan. Uning asosiy raqibi hisoblangan Svetlana Tixanovskaya 10,09 foiz ovozga ega bo‘ldi.

Ekzitpol natijalari e'lon qilingach, Minsk markazi va Belarusning boshqa shaharlarida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi. IIVning ma'lumot berishicha, 3 mingga yaqin kishi qo‘lga olingan, o‘nlab tartib posbonlari va namoyishchilar jarohatlangan.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top