AQShning Bonnevil tuz ko‘lida Speed Demon strimlayneri porshenli ichki yonuv dvigateliga ega avtomobillar orasida quruqlikda harakatlanish bo‘yicha yangi tezlik rekordini o‘rnatdi. Strimlayner 775 km/soat tezlikka erishgan.
Mashina maksimal tezlikka erishganiga qaramay, uning ikkita urinishdagi o‘rtacha tezligi rekord sifatida qayd qilingan. U 757 km/soatni tashkil qilgan.
Strimlayner Chevrolet’ning 6 litr hajmga ega, 8 silindrli HEMI dvigateli va 7 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Dvigatel 2500 ot kuchini beradi. Mashina 4 ta g‘ildirakka ega bo‘lib, uning ikkita old g‘ildiragi ketma-ket joylashgan.
Avvalgi tezlik rekordi ham Speed Demon’ga tegishli bo‘lgan va 2018 yilda o‘rnatilgan. O‘shanda Strimlayner 722 km/soat tezlikka erisha olgan.