08:03 / 14.08.2020
6494

Yunusobodda soxta ruxsatnoma tayyorlab bergan bosh shifokorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Mahkama xabariga ko‘ra, unda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilish bayoniga zid ravishda 22 nafar fuqaroning avtotransport vositasiga respublikada e'lon qilingan karantin vaqtida erkin harakatlanish uchun soxta ma'lumotnoma tayyorlab, maxsus ruxsatnoma rasmiylashtirib berganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 209-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid
Top