14:38 / 15.08.2020
133434

O‘zbekistonda karantin yana joriy qilinishi mumkinmi? Shtab a'zosi javob berdi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a'zosi Barno Abdusamatova O‘zbekistonda karantin yana joriy qilinishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.

«10 iyuldan boshlab joriy qilingan qat'iy karantin respublikada koronavirus tarqalishini nisbatan jilovlash imkonini berdi. 15 avgustdan boshlab mamlakatda karantin cheklovlari yengillashtirildi. Bu iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda barqaror faoliyatni ta'minlash, shuningdek, aholi turmush sharoitlarini yengillatish uchun zarur edi. Karantin cheklovlarini yengillatish u bekor qilinganini anglatmaydi.

Shu kunlarda Respublika maxsus komissiyasi yuqorida ta'kidlangan qoidalarga rioya qilmaslik kasallik sonining takror oshishiga olib kelishi mumkinligini ma'lum qildi. Bu esa o‘z navbatida qat'iy karantin cheklovlarini qayta joriy etishga sabab bo‘lishi mumkin», dedi u AOKA shtabidagi brifingda.

Shtab a'zosi virusdan himoyalanish uchun rioya qilish zarur bo‘lgan choralarni eslatib o‘tdi.

«Koronavirus infeksiyasi epidemiyasining oldini olish maqsadida respublika maxsus komissiyasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarni individual himoya choralariga qat'iy rioya qilishda davom etishga chaqiradi. Xususan, jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofa saqlash, qo‘llarni muntazam yuvish va antiseptik vositalardan foydalanish talab etiladi», deya Abdusamatovaning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top