19:24 / 17.08.2020
18537

AQShdagi O‘lim vodiysida yer yuzidagi eng yuqori harorat qayd etildi

Avvalgi rekord ham shu yerda qayd etilgandi: 2013 yilda harorat 54 darajaga yetgan.

Foto: EPA/Vostock-photo

Kaliforniyadagi O‘lim vodiysi milliy parkida rasman ro‘yxatga olingan eng yuqori harorat qayd etildi, deb xabar bermoqda "Bi-bi-si".

 AQSh milliy meteorologiya xizmatining ma'lumotiga ko‘ra, vodiyda havo harorati 54,4 darajani tashkil etgan.

Avvalgi rekord ham shu yerda qayd etilgandi: 2013 yilda harorat 54 darajaga yetgan.

Ayrim manbalarda 1913 yilda O‘lim vodiysida 56,6 darajani tashkil etgani aytiladi. Ammo olimlar bu ko‘rsatkichning aniqligiga shubha bilan qarashadi.

Qayd etilishicha, ushbu haftada AQSh g‘arbida jazirama yanada kuchayishi mumkin.

Top