23:56 / 18.08.2020
36083

Koronavirus: O‘zbekistonda bir kunda 600ga yaqin yangi holat qayd etilib, 600dan oshiq bemor tuzaldi

O‘zbekistonda 18 avgust kuni 591ta yangi holat qayd etilib, jami holatlar soni 36 mingdan oshdi. Bugun shuningdek, 643 bemor tuzaldi, 5 bemor vafot etdi.

«18 avgust kuni mamlakatimizda 591 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi holatlar (+591)

Bugun respublikaning 7 hududida tana harorati ko‘tarilganii bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 591ta yangi holat qayd etildi. Endilikda jami zararlanish holatlari soni 36 ming 518taga yetgan.

Bu iyul oyi boshidan buyon kunlik kasallanish holatlari bo‘yicha eng past natijadir.

  • Toshkent shahrida 384 holat;
  • Toshkent viloyatida 158 holat;
  • Samarqand viloyatida 26 holat;
  • Namangan viloyatida 9 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 8 holat;
  • Andijon viloyatida 4 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 2 holat.

Tuzalganlar (+643)
Bugun respublikaning 8 hududida 643 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 32 ming 223 nafarga yetdi.

  • Toshkent shahrida 402 nafar;
  • Toshkent viloyatida 165 nafar;
  • Samarqand viloyatida 34 nafar;
  • Buxoro viloyatida 20 nafar;
  • Surxondaryo viloyatida 10 nafar;
  • Andijon viloyatida 7 nafar;
  • Navoiy viloyatida 3 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar. 

O‘lim holatlari (+5)
Bugun hozircha Toshkent shahrida 4, Toshkent viloyatida 1 o‘lim holati qayd etildi va O‘zbekistonda rasmiy statistikaga ko‘ra o‘limlar soni 243taga yetdi.

  • Yashnobod tumanida yashagan 60 yoshli D.P. (ayol);
  • Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. (erkak);
  • Yunusobod tumanida yashagan 67 yoshli M.Yu. (ayol);
  • Angren shahrida yashagan 61 yoshli M.G. (ayol);
  • Uchtepa tumanida yashagan 44 yoshli U.I. (erkak) vafot etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4052 nafar bemordan 411 nafari og‘ir, 125 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top