14:21 / 18.08.2020
5996

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati bo‘limlari rahbarlarining telefon raqamlari e'lon qilindi

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati bo‘limlarida navbatlar yuzaga kelmoqda.

Toshkent shahar IIBB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati tuman bo‘linmalarida fuqarolik va xorijga chiqish pasportini olish masalalari bo‘yicha murojaatlar soni keskin oshdi.

Poytaxt IIBB xabariga ko‘ra, bu karantin cheklovlari bekor qilingach yuz berdi. Natijada migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati bo‘limlarida navbatlar yuzaga kelmoqda.

Navbatda ko‘p vaqt yo‘qotmaslik uchun fuqarolardan oldindan tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish xizmati boshlig‘i bilan bog‘lanib, kelish vaqtini belgilab olish so‘ralgan.

Top