14:21 / 19.08.2020
4968

Germaniya to‘rt kunlik ish haftasi yordamida inqirozdan chiqmoqchi

Germaniya mehnat vazirining so‘zlariga ko‘ra, ish haftasini qisman kompensatsiya to‘lovlari to‘lash bilan qisqartirish eng ma'qul chora bo‘ladi.

Foto: AP Photo / Matthias Schrader

Germaniya mehnat vaziri Xubertus Xayl ish haftasini to‘rt kun qilib belgilash inqirozni bartaraf etishda yordam berishini aytdi.

"Inqirozdan birgalikda chiqish uchun yaxshi va pragmatik g‘oyalar kerak", — dedi u Funke mediaguruhi nashrlariga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ish haftasini qisman kompensatsiya to‘lovlari to‘lash bilan qisqartirish eng ma'qul chora bo‘ladi.

Xayl bunga ijtimoiy hamkorlarning roziligi kerakligini qo‘shimcha qildi.

IG Metall kasaba uyushmasi rahbari Yorg Xofman ham to‘rt kunlik ish haftasi avtomobil sanoati kabi sohalardagi o‘zgarishlarga munosib javob bo‘ladi va ish o‘rinlarini saqlab qolish imkonini beradi deb hisoblamoqda.

Mavzuga oid
Top