09:30 / 19.08.2020
15635

O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshdi 

2019 yilning shu davrida 147 650 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 168 711 dona.

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil yanvar-iyul oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma'lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2019 yilning shu davrida 147 650 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 168 711 dona.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yil yanvar-iyul oylarida 41 663 dona Nexia T-250, 44 901 dona Cobalt, 30 368 dona Lacetti-Gentra, 30 889 dona Damas, 16 370 dona Spark hamda 4 520 dona Labo avtomobili ishlab chiqarildi.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish kamaydi. 2019 yilda - 2 985 dona, 2020 yilda - 2 169.

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ko‘paydi. 2019 yilda 114,6 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 137,2.

2020 yil yanvar-iyul oylarida traktor ishlab chiqarish hajmi 630 donani tashkil etdi (2019 yilda - 797).

Mavzuga oid
Top