20:44 / 19.08.2020
3555

Yetti oy davomida O‘zbekistonga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 3 mlrd dollarni tashkil etdi

Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 516 mln dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47 mln dollarga yoki 8 foizga kamaydi.

Foto: REUTERS

Respublikamizga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 3 mlrd. dollarni tashkil etdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Markaziy banki.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 217 mln dollarga yoki 7 foizga kamaydi.

Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 516 mln dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 47 mln dollarga yoki 8 foizga kamaydi.

“Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 2,5 mlrd dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 170 mln dollarga (yoki 6 foizga) kamaydi”, deyiladi Markaziy bank xabarida.

Ma'lumot berilishicha, Markaziy bank 2020 yil yakunlariga ko‘ra mehnat migrantlari tomonidan yuboriladigan pul o‘tkazmalari hajmi 5,4-5,5 mlrd dollarga yetishini kutmoqda va bu raqam o‘tgan yilga nisbatan 8-10 foizga kam bo‘ladi.

Top