22:56 / 20.08.2020
6488

Surxondaryoda 600 dona virus blokatorining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati so‘nggi kunlarda aniqlangan qonun buzilish holatlari bo‘yicha ma'lumot berdi.

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi va viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda Termiz shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro A.J shartli xaridorga umumiy qiymati 48 million so‘mlik 600 dona virus blokatorlarini noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tadbir davomida fuqaro S.A.ning ham noqonuniy xatti-harakatiga chek qo‘yildi. U shartli xaridorga umumiy qiymati 16 million so‘mdan ortiq bo‘lgan, 193 dona virus blokatorni sotishga uringani fosh etildi.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Yaxna choy idishidagi giyohvandlik vositalari fosh etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda To‘rtko‘l tumanida tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida «Toshkent-Nukus» yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro A.A. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina kabinasi ichidagi 2 dona yaxna choy idishida tarkibida giyohvandlik vositalari mavjud bo‘lgan 746 dona «Tramadol» dori vositalari borligi aniqlandi.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Tezkor tadbir davomida ushbu giyohvandlik moddalari fuqaro R.R.ga tegishli ekanligi ma'lum bo‘ldi.

Cifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «Navoiy» chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro G.A. boshqaruvidagi «DAF» rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashinaning kabina qismida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan qiymati 22,5 million so‘mlik, 16 quti «Altevir», 10 quti «Diferelin» va boshqa turdagi dori vositalari borligi ma'lum bo‘ldi.

Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Yana bir holatda «S.Najimov» chegara bojxona postida fuqaro Sh.Sh. boshqaruvidagi «DAF» rusumli avtotransport vositasi bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Tekshiruv davomida, avtomashina kabinasining tom qismida umumiy qiymati 107,6 million so‘mlik, 36 dona quti «Kleksan 4000», 400 dona qutida «Lianhua Qingwen Jiaonang» va 10 dona qutida «Arximaks 1000mg» nomli dori vositalari yashirilgani aniqlandi.

«Issiq ob-havo sharoitida saqlash va tashish qoidalariga rioya qilmagan holda yurtimizga olib kirishga urinilayotgan bu kabi dorilarning sifatiga kim kafolat bera oladi?», – deyiladi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabarida.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Top