12:12 / 21.08.2020
23350

Alisher Shodmonov ishga qaytdi

Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov sog‘aydi va odatdagidek o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi.

«O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida davolash muolajalarini olayotgani haqida avval xabar bergan edik.

Shifokorlar sa'y-harakati bilan salomatligi tiklangan vazir odatdagidek o‘z ish faoliyatini davom ettirmoqda», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 30 iyul kuni Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar sharoitda rejali davolash muolajalarini olayotgani, bemorning ahvoli qoniqarli ekan haqida xabar berilgandi.

Keyinroq bosh vazirning ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Behzod Musayev zimmasiga Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini vaqtincha bajarish yuklangani ma'lum qilindi.

Top