21:06 / 21.08.2020
12041

Qirg‘iziston 31 davlat fuqarolariga mamlakatga kirishga ruxsat berdi  

Qirg‘izistonning koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha respublika shtabi fuqarolari Qirg‘izistonga kirishi mumkin bo‘lgan 31 ta davlat ro‘yxatini e'lon qildi.    

Foto: Benjamin White

Ushbu ro‘yxatga koronavirusga chalinganlar soni kamayayotgani va epidemiologik vaziyat barqarorlashayotgani kuzatilayotgan davlatlar kiritilgan

Ro‘yxatdan quyidagi davlatlar joy olgan:

  • Sobiq ittifoq davlatlaridan: Gruziya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Latviya, Litva;
  • Yevropa davlatlaridan: Belgiya, Avstriya, Britaniya, Germaniya, Irlandiya, Islandiya, Italiya, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Portugaliya, Sloveniya, Turkiya, Shveytsariya, Shvetsiya;
  • Yaqin Sharq davlatlaridan: Qatar, Kuvayt, BAA;
  • Osiyo davlatlaridan: Xitoy, Malayziya, Janubiy Koreya, Pokiston, Yaponiya.

Ushbu ro‘yxat Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirligining 20 avgustdagi buyrug‘iga ko‘ra qayta ko‘rib chiqilgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 42 mingdan ko‘proqni, undan vafot etganlar soni 1500 ga yaqinni tashkil qilmoqda. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top