08:57 / 21.08.2020
5421

Toshkentda MChJ omborxonasidan 57 ming dollarlik trikotaj mahsulotlarini o‘g‘irlab ketishdi

Yakkasaroy tumanida trikotaj mahsulotlarini o‘g‘irlash bilan bog‘liq fakt bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Illyustrativ foto

Yakkasaroy tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, may oyidan iyul oyigacha bo‘lgan davr mobaynida 22 yoshli Sh.O. va 28 yoshli B.T. MChJlardan birining omborxonasidan 57 870 AQSh dollariga teng trikotaj mahsulotlarini o‘g‘irlab ketishgan. 

Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur fuqarolar shu korxonaning ishchilari bo‘lishgan. O‘g‘rilik haqida MChJ rahbarining o‘rinbosari 41 yoshli J.S. xabar bergan.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Top