19:56 / 23.08.2020
14639

AQShda koronavirusga chalinish darajasi yuqoriligi sababi tushuntirildi

AQShda koronavirusning yuqori sur'atlar bilan tarqalishi aholi harakatlanishi darajasi yuqoriligi va jiddiy karantin yo‘qligi bilan bog‘langan. Bunday fikrni amerikalik virusolog Konstantin Chumakov bildirdi.

Foto: ALJAZEERA

“Birinchidan, aholi juda faol, mamlakat ochiq. Pandemiyagacha mamlakatda katta miqdorda xalqaro aloqalar bo‘lgan va virus g‘arbiy sohilbo‘yiga ham, sharqiy sohilbo‘yiga ham, Nyu-York, Sietl, San-Fransiskoga ham olib kirilgan. Shu sababli epidemiya birdaniga bir nechta joyda boshlandi. Xitoy va Yevropada esa koronavirus tarqalishiga qarshi o‘zini yakkalash va ijtimoiy masofalashuvga rioya qilmaganlarning politsiya tomonidan ta'qib qilinishigacha juda qat'iy choralar kiritilgan. AQShda esa bunday bo‘lmagan”, deb aytib o‘tdi ekspert.  

Uning ta'kidlashicha, AQShda ayni vaqtda kasallanish darajasi pasayotgani kuzatilmoqda. Biroq har bir shtatda vaziyat turlicha. Misol uchun, Yangi Angliya, Nyu-York, Nyu-Gempshirda pandemiya ertaroq boshlangan va hozirda bu hududlarda vaziyat barqarorlashgan. Shu bilan birga, Kaliforniya, Florida va Texasda pandemiya endi boshlanmoqda. 

Jon Hopkins universitetining oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda ayni vaqtda koronavirusga chalinganlar soni 5,8 mln kishidan oshib ketgan, undan vafot etganlar soni 180 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Eng ko‘p o‘lim holatlari Nyu-York (32 mingdan ko‘proq), Nyu-Jyersi (15 ming) va Kaliforniya (12 ming) shtatlarida qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top