18:40 / 23.08.2020
9091

Ilon Mask bir hafta ichida 15 milliard dollarga boyidi

Joriy haftadagi o‘n nafar eng muvaffaqiyatli milliarderning umumiy boyligi 53,4 mlrd dollarga ko‘paydi. Kapitalining eng katta o‘sishini Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask namoyish qilgan.

Foto: Forbes

Forbes’ning yozishicha, 21 avgust, juma kuni yakunlangan savdo haftasida Tesla aksiyalari 24 foizdan ko‘proqqa oshgan. Buning ortida Maskning kapitali ham 15 mlrd dollarga ortgan. 

Bundan tashqari, Mask yakunlayotgan haftada eng boy odamlarning yetakchi to‘rtligiga kira oldi. Bu Tesla aksiyalari narxi oshishi natijasida tadbirkorning kapitali bir kun ichida 7 mlrd dollarga oshgandan keyin yuz bergan.     

Milliarderlardan bir hafta ichida boyligi eng ko‘p o‘sgan 2-raqamli inson Quicken Loans ipoteka banki egasi Deniel Gilbert bo‘ldi. Uning boyligi 13 mlrd dollarga ko‘paygan. Buning evaziga Gilbert Forbes ro‘yxatida 20-o‘ringa ko‘tarilib olgan.

Nashrning ta'kidlashicha, kapitali bir hafta ichida eng ko‘p miqdorda o‘sgan milliarderlarning barchasi bunga texnologik kompaniyalar aksiyalari narxi oshayotgani evaziga erishgan. Jumladan, bu borada 3-o‘rinni Amazon rahbari Jyeff Bezos egallagan. Uning kapitali bir hafta ichida 7,6 mlrd dollarga ko‘paygan.  

Mavzuga oid
Top