21:28 / 24.08.2020
3330

Berlin kinofestivalida eng yaxshi erkak va ayol roli sovrinidan voz kechildi

2021 yilda o‘tkaziladigan Berlin xalqaro kinofestivalida sovrinlar gender tamoyili bo‘yicha taqsimlanmaydi.

Foto: AFP

Berlinale sayti xabariga ko‘ra, eng yaxshi erkak va eng yaxshi ayol roli uchun beriladigan sovrindan voz kechiladi. Uning o‘rniga jyuri bosh rolning eng yaxshi ijrochisi va ikkinchi darajali rolning eng yaxshi ijrochisini aniqlaydi.

Kinofestivalda jami 8ta sovrin bo‘ladi. «Alfred Bauerning kumush ayig‘i» sovrini ham bekor qilinadi. 1987 yildan beri topshirilayotgan sovrindan voz kechilishiga sabab – Berlinalening ilk direktori bo‘lmish Bauerning natsistlar rejimiga ehtimoliy aloqadorligi bo‘yicha ma'lumotlarning aniqlanishida.

Kinofestival 11-21 fevral kunlari boshlanadi.

Top