18:06 / 26.08.2020
36344

Jahon tillari universitetiga yangi rektor tayinlandi

O‘zDJTU huzuridagi markaz direktori Ulug‘bek Azizov yangi o‘quv yili oldidan universitet rektori etib tayinlandi.

Sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Azizov Ulug‘bek Botirovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Ulug‘bek Azizov 2016 yildan hozirga qadar O‘zDJTU huzuridagi Chet tillarini o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi direktori – prorektor lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

U bakalavriatni 2000 yilda shu universitetda tamomlagan. 2009 yilda Yaponiya Tsukuba universiteti magistraturasida tahsil olgan. 2015 yilda Germaniyaning Erfurt universitetida falsafa doktori (PhD) ishini yoqlagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zDJTUning avvalgi rektori G‘anisher Rahimov shu yil aprel oyida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori etib tayinlangan edi.

Mavzuga oid
Top