22:03 / 26.08.2020
10574

Tramp Bayden g‘alaba qozongan taqdirda Xitoy AQShni egallab olishini aytdi

O‘tgan haftada Tramp Vladimir Putin, Si Tszinpin, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Kim Chen Inni jahon maydonidagi grossmeysterlar deb atagan, Jozef Bayden g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, ularga bas kela olmasligini aytgandi.

Foto: AP

Noyabrdagi prezidentlik saylovida Jozef Baydenning g‘alaba qozonishi Xitoyning AQShni "bosib olishi", fond bozorlarining esa qulashiga olib keladi. AQSh prezidenti Donald Tramp ana shunday fikr bildirdi.

"Yangigina xabar: Xitoy davlat OAV va Xitoy rahbarlari "Amerika saylovlarida" Baydenning g‘alaba qozonishini istashmoqda. Agar shunday bo‘lsa (bunday bo‘lmaydi) Xitoy mamlakatimizni egallab oladi va rekord o‘rnatayotgan fond bozorlarimiz qulaydi!" – deb yozdi u Twitter sahifasida.

O‘tgan haftada Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin, XXR raisi Si Tszinpin, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va KXDR rahbari Kim Chen Inni jahon maydonidagi grossmeysterlar deb atagan, Bayden g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, ularga bas kela olmasligini aytgandi.

AQShda 59-prezident saylovi 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

Top