20:12 / 29.08.2020
22055

Prezident Yashnobod tumanida barpo etilayotgan uy-joylarni borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev xorij tajribasi asosida qurilgan yengil konstruksiyali kottejlarni ham ko‘zdan kechirdi. Bu uylar arzonligi, o‘n kunda bitkazilishi bilan ajralib turadi, buyurtma asosida bir necha xil shaklda qurib beriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Yashnobod tumanida barpo etilayotgan uy-joylarni borib ko‘rdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, «Assalom, sohil» deb nomlangan 23 gektarlik bu majmuada 22 ta 9-16 qavatli uy qurilmoqda. Ularda 3236 xonadon bo‘ladi.

“Konstruksiyalar 9 balldan yuqori amplitudadagi seysmik chidamlilikka ega. Devorlar 3 qoplamali bo‘lib, xonadonlar qishda iliq, yozda salqin bo‘lishini ta'minlaydi. Har bir xonadon modul tipidagi alohida isitish qozoni bilan jihozlanadi.

Uylar ko‘chib kelish uchun tayyor holatda topshiriladi. Xaridorlar talabi va imkoniyatiga qarab, ularda komfort, biznes va ekonom klassdagi sharoitlar yaratiladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, majmua hududida bolalar bog‘chasi va maktab, sport va o‘yin maydonchalari, do‘konlar, kafelar, savdo markazi barpo qilinadi.

Prezident majmuaning shourumida bo‘ldi. Uylarga sifatli xizmat ko‘rsatish, aholining dam olishi, bolalar tarbiyasi uchun sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev xorij tajribasi asosida qurilgan yengil konstruksiyali kottejlarni ham ko‘zdan kechirdi. Bu uylar arzonligi, o‘n kunda bitkazilishi bilan ajralib turadi, buyurtma asosida bir necha xil shaklda qurib beriladi. Bunday kottejlar, ayniqsa, tog‘li va cho‘l hududlari uchun juda mos keladi.

Mavzuga oid
Top