10:20 / 30.08.2020
6186

Xitoyda mehmonxona qulashi qurbonlari soni 29 nafarga yetdi

Xitoyning Shansi provinsiyasida mehmonxona qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 nafarga yetdi. 

Foto: Getty Images

Avvalroq fojia oqibatida 17 kishi halok bo‘lgani, 28 kishi jarohat olgani ma'lum qilingandi. 

Linfen shahrida qulagan mehmonxona vayronalari ostidan 57 kishi chiqarilib olingan. Ulardan 29 nafari jonsiz bo‘lgan

Hozirda shifoxonada og‘ir ahvolda bo‘lgan 7 kishi qolmoqda. Qolgan jabrlanuvchilar kichik jarohatlar olgan.

Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlangan. Mehmonxona qulashiga nima sabab bo‘lgani haqida hozircha ma'lumot yo‘q. Voqea tafsilotlarini tergov qilish bo‘yicha maxsus komissiya tuzilgan.

Top