21:39 / 31.08.2020
20118

Boltiq davlatlari Lukashenkoni “persona non grata” deb e'lon qildi 

Foto: AP

Boltiq davlatlari - Latviya, Litva va Estoniya Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va belaruslik yana 29 rasmiy shaxsga o‘z hududlariga kirishni taqiqladi. Bu haqda ushbu davlatlar tashqi ishlar vazirliklari e'lon qildi. 

Ta'kidlanishicha, Belarusning 30 nafar mansabdor shaxsiga noaniq muddatga Boltiq davlatlari hududiga kirish taqiqlangan.  

Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalning ta'kidlashicha, Boltiq davlatlari bu sanksiyalar bilan Belarusda yuz berayotgan voqealarga jiddiy munosabatda ekanini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. Ushbu davlatlar rahbarlari Belarus rahbariyatini inson huquqlarini buzishda ayblamoqda. 

“Qora ro‘yxat”ga Lukashenkodan tashqari Belarus markaziy saylov komissiyasi vakillari, Belarus prezidenti ma'muriyati xodimlari, kuch tuzilmalarining bir qator yuqori lavozimli shaxslari tushgan.

Boltiq davlatlari ushbu sanksiyalarni kiritish haqidagi qarorni 21 avgustda qabul qilgan, biroq “qora ro‘yxat” bo‘yicha kelishuvga erishish va uni rahbariyatga taqdim etish uchun 10 kun vaqt ketgan.

Mavzuga oid
Top