08:58 / 31.08.2020
3036

Falcon 9 Argentinaga qarashli sun'iy yo‘ldosh bilan Yerning qutb orbitasiga uchirildi  

AQShning SpaceX kompaniyasi Floridadagi Kanaveral burnidan Yerning qutb orbitasiga birinchi marta Falcon 9 raketasini uchirdi. Raketa orbitaga Argentinaga qarashli sun'iy yo‘ldoshni yetkazadi. 

Kompaniyaning tvitterdagi sahifasida ushbu parvoz “o‘ziga xosligi” ta'kidlab o‘tilgan. “Bu SpaceX’ning ushbu nuqtadan birinchi marta qutb orbitasiga raketa uchirishidir. Bu Falcon 9 fazoga yo‘lida Floridaning sharqiy sohili bo‘ylab uchishini anglatadi”, deyilgan xabarda.

Argentinaning SAOCOM 1B sun'iy yo‘ldoshi uning radari butun sayyora bo‘ylab kuzatuv olib bora olishi uchun qutb orbitasida qolishi kerak. SOACOM tizimi qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq omillarni, misol uchun, tuproq namligini kuzatish uchun mo‘ljallangan.

Dastlabki rejaga ko‘ra, SpaceX orbitaga 9 soat oraliq bilan ikkita Falcon 9 raketasini uchirmoqchi bo‘lgan. Biroq ob-havo yomonligi sababli parvozlardan biri qoldirilgan. 2-raketa orbitaga Starlink internet tarmog‘iga mo‘ljallangan navbatdagi sun'iy yo‘ldoshlar guruhini eltishi kerak edi. 

Avgust boshida SpaceX’ning Crew Dragon kemasi Xalqaro koinot stansiyasidan Yerga qaytgandi. Kema Falcon 9 raketasi yordamida 30 may kuni fazoga uchirilgan Bu parvoz xususiy kompaniya amalga oshirgan tarixdagi birinchi fazoviy parvoz va AQShning 2011 yildan keyingi ilk boshqariluvchili parvozi bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top