18:40 / 01.09.2020
8380

Abituriyentlarga imtihon topshirish joyini aniqlash imkonini beruvchi mobil ilova yaratildi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari tomonidan «ImtihonGo» nomli mobil ilova ishlab chiqildi.

Dastur imtihon bo‘ladigan joy manzilini tez va oson topish, imtihon vaqti va joyi haqidagi xabarnomani olish imkonini beradi.

Ilova Davlat test markazining rasmiy saytidagi ma'lumotlar asosida tayyorlangan. Dasturga respublikada test o‘tkaziladigan barcha stadion va xiyobonlarning geomanzillari joylashtirilgan.

Abituriyent ilovaga kirib o‘z hududi, hujjat topshirgan ta'lim muassasasini tanlagach, qachon va qayerda test topshirishini ham bilib olishi mumkin.a

Mobil ilova Google Play dasturidan yuklab olinadi. Yuklab olish va foydalanish bepul.

Mavzu
Qabul-2020
20 iyun kuni OTMlarga hujjat qabul qilish boshlandi. Imtihonlar 1 avgust kuni boshlanishi rejalashtirilmoqda.
Barchasi
Top