08:34 / 01.09.2020
5228

Qo‘qonda 122 mln so‘m va 8 ming dollar pulni o‘g‘irlab ketgan shaxs qamoqqa olindi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

2020 yilning 23 avgust kunidan 24 avgust kuniga o‘tar kechasi noma'lum shaxs Qo‘qon shahrida joylashgan MChJ hududida bo‘lgan binoni kirish eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u xonadagi temir seyfdan jami qiymati 122.530.000 so‘m va 8.660 AQSh dollari miqdoridagi pullarni yashirin ravishda qo‘lga kiritib, noma'lum tomonga yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Olib borilgan dastlabki tergov davomida mazkur jinoyatni 27 yoshli A.R. sodir etganligi aniqlanib, talon-toroj qilingan pullarning bir qismi ya'ni 115.000.000 so‘m va 8.310 AQSh dollar miqdoridagi pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki tergov davomida A.R. ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top