11:08 / 03.09.2020
29998

Kollejlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi 2020/2021 o‘quv yili uchun kollejlarga to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarini e'lon qildi.

Vazirlik va idoralar tizimidagi kollejlarga qabul parametrlari O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 28 avgystdagi 3-son bayoni tasdiqlangan.

Kollejlarga hujjatlar 25 sentyabrga qadar https://kollej.edu.uz/ elektron platformasi orqali onlayn qabul qilinadi.

Qabul uchun talab etiladigan hujjatlar:

  • elektron ariza;
  • umumta'lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi;
  • 3x4 fotosurat.

 

Top