08:31 / 04.09.2020
8902

«Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatining asoslari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi e'lon qilindi

Qonunning maqsadi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta'minlash;

huquqbuzarliklarning sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o‘rganish, muhokama qilish va bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish;

huquqbuzarlikdan jabrlanuvchilarni, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod qilingan shaxslarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish;

jismoniy shaxslarning huquqbuzarlikdan jabrlanuvchiga aylanishi xavfini kamaytirish;

voyaga yetmaganlar nazoratsizligi, qarovsizligi, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, ularga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish;

voyaga yetmaganlarda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish;

ijtimoiy vaziyati og‘ir bo‘lgan shaxs va oilalarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish;

voyaga yetmaganlarni huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarni sodir qilishga jalb etish hollarini aniqlash va ularga barham berish;

huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalar faoliyatining o‘zaro hamkorligini ta'minlash va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish.

Huquqbuzarliklar profilaktikasining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • qonuniylik;
  • insonparvarlik;
  • tizimlilik;
  • ishontirish usulining ustuvorligi;
  • ta'sir ko‘rsatish chora-tadbirlarini farqlash va yakka tartibdagi yondashish.

Huquqbuzarliklar profilaktikasining turlari quyidagilardan iborat:

huquqbuzarliklarning umumiy profilaktikasi;

huquqbuzarliklarning yakka tartibdagi profilaktikasi;

huquqbuzarliklarning viktimologik profilaktikasi;

huquqbuzarliklarning maxsus profilaktikasi.

Top