21:42 / 04.09.2020
23705

Turkmaniston prezidenti tezotar pulemyotdan benzin solingan bochkalarni nishonga oldi (video)

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Davlat xavfsizlik kengashining sayyor yig‘ilishini o‘tkazdi. Yig‘ilishdan keyin Berdimuhamedov harbiy va huquq-tartibot idoralari rahbarlari bilan poligonga yo‘l olib, u yerda turli qurollardan o‘q otish mahoratini namoyish qildi.

Turkmaniston prezidenti yig‘ilish natijalariga ko‘ra mamlakatda pasport tizimini takomillashtirish haqidagi farmonni imzolagan va chegara zastavlarini modernizatsiyalash lozimligiga e'tibor qaratgan. 

So‘ngra Berdimuhamedov poligonga yo‘l olib, u yerda o‘q otish tayyorgarligi uchun sharoitlar bilan tanishgan. 

Turkmaniston prezidenti mamlakatning oliy harbiy rahbariyatining o‘q otish natijalari bilan tanishib chiqib, askar va zobitlarning harbiy malakasiga ko‘proq e'tibor qaratishni buyurgan. So‘ngra Berdimuhamedov o‘zining jangovar qurolni egallash mahoratini namoyish qilgan.

Prezident turli to‘pponchalardan nishonlarga o‘q uzib, so‘ngra uzoqroqda bir-birining ustiga taxlangan bochkalarni yo‘ltanlamas tomiga o‘rnatilgan tezotar pulemyotdan o‘qqa tutgan. Ichida benzin bo‘lgan bochkalarga o‘q tekkach ular portlab ketgan. 

Berdimuhamedov o‘zining ko‘plab “qirralari” bilan mashhur. Jumladan, avvalroq u harbiylar bilan uchrashuvda velosipedda harakatlana turib to‘pponchadan nishonlarni mo‘ljalga olgan. 

Top