12:29 / 04.09.2020
9587

YHXBB Qamchiq dovonida nima sababdan tirbandlik yuzaga kelayotganini tushuntirdi

"Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining 250-253 kilometrlari oralig‘ida yo‘l ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qamchiq dovonida tirbandlik kuzatilayotgani haqida videolavha tarqaldi. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, ayni vaqtda Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 xalqaro ahamiyatdagi "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining 250-253 kilometrlari oralig‘ida yo‘l ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, haydovchilar transport vositasida harakatlanishi uchun bitta bo‘lak ochiq qoldirilgan. Shu sababli vaqti-vaqti bilan tirbandliklar yuzaga kelmoqda. 

“Barcha haydovchilardan belgilangan oraliq-masofani saqlab, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya etgan holda harakatlanishlarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Top