20:10 / 07.09.2020
28297

Jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limida ayblanganlarga hukm o‘qildi

Qotillikda ayblangan sakkiz nafar shaxsning besh nafari 20 yildan, bir nafari o‘n yil, yana ikki nafari yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Foto: AP

Saudiya Arabistoni sudi 2018 yil oktyabrda Istanbulda o‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limida ayblanganlarga nisbatan yakuniy sud hukmini e'lon qildi.

Qirollik bosh prokuraturasi rasmiy vakilining ma'lum qilishicha, qotillikda ayblangan sakkiz nafar shaxsning besh nafari 20 yildan, bir nafari o‘n yil, yana ikki nafari yetti yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Saudiyalik taniqli jurnalist Jamol Qoshiqchi 2017 yildan AQShda yashagan va Washington Post gazetasida ishlagan.

U Istanbuldagi konsulxonaga 2018 yil 2 oktyabrda hujjatlarni rasmiylashtirgani kelgach, izsiz yo‘qolgan. Shundan keyin uning o‘ldirilgani va buni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon shaxsan buyurgani haqida taxminlar paydo bo‘lgan.

20 oktyabrda Saudiya Arabistoni hukumati jurnalist konsulxonada yuz bergan mojora vaqtida o‘ldirilganini ma'lum qilgan. Dunyo hamjamiyati ushbu jinoyatni qoralab, Ar-Riyoddan u bo‘yicha ochiq-oydin tergov o‘tkazishni talab qilgan. 

2020 yil may oyida Qoshiqchining oilasi uning qotillarini kechirishini ma'lum qilgan.

Mavzu
Jamol Qoshiqchining o‘limi
The Washington Post nashri uchun ishlaydigan jurnalist Jamol Qoshiqchi 2 oktabr kuni Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligi binosiga kirib ketgach, izsiz yo‘qoldi
Barchasi
Top