11:12 / 07.09.2020
5232

Toshkentda aksariyat avtobus yo‘nalishlari harakat tarkibidagi transport vositalari turi o‘zgartirildi 

Toshkent shahar transport boshqarmasi hamda “Toshshahartransxizmat” AJ mutasaddilaridan iborat monitoring guruhlari tomonidan doimiy o‘rganishlar davomida yo‘lovchilar oqimi muntazam kuzatib borilmoqda.

Foto : KUN.UZ

“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, mazkur kuzatishlar natijasidan kelib chiqib bugun – 7 sentyabrdan aksariyat avtobus yo‘nalishlarining harakat tarkibidagi transport vositalari turi o‘zgartirildi.

Xususan:

  • erta tongdan 5A – “Feruza mavzesi – Gulobod ko‘chasi” yo‘nalishda qatnovchi Isuzu o‘rniga Saz LE 60.
  • 60 – “Toshkent vokzali – Yunusobod-17 mavze” yo‘nalishdagi Mercedes-benz Isuzu rusumli avtobuslar harakatlana boshladi. 
  • 67 – “Yunusobod 19-mavze – xalqaro aeroport” yo‘nalishida endi Saz LE 60 o‘rniga Mercedes-benz.
  • 83 – “Yunusobod-6 mavzesi – Ekskavator zavodi” yo‘nalishida esa Saz LE 60 emas Mercedes-benz rusumli avtobuslar yo‘lovchilarga xizmat qila boshladi. 
  • 198 – “7-shahar shifoxonasi – Jismoniy tarbiya instituti” (Chirchiq) yo‘nalishida esa Isuzu o‘rnini Saz LE 60 rusumli o‘rta sig‘imli avtobuslar egalladi.
Top