13:09 / 08.09.2020
3668

«Buxoro HETK» AJ: Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

«Buxoro HETK» AJda «Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish» mavzusida Buxoro viloyat Adliya boshqarmasi xodimlari A.Bafoyev hamda Sh.Nabiyevlar ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminarda korrupsiya taraqqiyot ildiziga bolta uruvchi jirkanch illat bo‘lib, uning balosidan qutulish, islohotlarni korrupsiya changalidan qutqarish barchamizning sharafli burchimiz ekanligi yig‘ilganlarga atroflicha tushuntirib berildi. Bu illatning tarkalishiga to‘skinlik qilish nafakat huquq tartibot xodimlari vazifasi, balki xar birimizning vazifamiz ekanligi aloxida ta'kidlab o‘tildi.

Korrupsiya so‘zi «yemirilish» va «buzilish» degan ma'nolarni anglatadi. Korrupsiyaga aloqador odam qonunni buzishdan tashqari, o‘zining kimligini, e'tiqodi, ma'naviyati qay darajada ekanini oshkor qiladi. Bunday odam nafaqat moliyaviy zarar yetkazadi, balki davlatni, demokratiyani behurmat qilib, obro‘sini to‘kadi, unga non-tuz berib katta qilgan, ilmu hunar, obro‘ va mansab bergan el-yurtning yuziga oyoq qo‘yadi.

Korrupsiya botqog‘iga botmay o‘zining halol mehnati ila non topgan inson saodatga yetmog‘i tayin bo‘lganidek, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, poraxo‘rlik va ta'magirlikdan tiyila olmayotgan shaxslar jazoga tortilishi muqarrardir.

«Buxoro HETK» AJ matbuot xizmati

Top