16:30 / 08.09.2020
9463
Reklama

LG innovatsion muzlatgichlari – aqlli oshxona yechimi va mahsulotlaringiz gigiyenasi haqida g‘amxo‘rlik

IFA 2020 ko‘rgazmasida namoyish etiladigan yangiliklar mahsulotlar sofligini uzoqroq saqlashga va supermarketga qatnash sonini qamaytirishga yordam beradi.

LG Electronics (LG) IFA 2020 ko‘rgazmasida muzlatgichlarning yangi modelini namoyish etgan holda iste'molchilarning oshxona haqidagi orzularini ro‘yobga chiqarishga imkon beradi: InstaView™ Door-in-Door™ muzlatgichining UVnano bilan yaxshilangan modeli, muzxona kamerali yangi LG muzlatgichi va ThinQ 3.0 bilan yangi InstaView ThinQ™. Keng xususiyatlar ro‘yxatiga qo‘shimcha tariqasida – oshxona texnikasining yangi modellari LG'ning iste'molchilarga ko‘proq tanlov taqdim etish hamda oshxona jarayonlarini yaxshilash va ularni yanada sog‘lomroq amalga oshirishga ko‘maklashish uchun bo‘lgan katta ishtiyoqini ko‘rsatadi.

Oshxona uchun so‘nggi innovatsiyalarda LG salomatlik va gigiyenani yaxshilash uchun yorug‘lik kuchidan foydalanmoqda. UVnano  texnologiyali LG InstaView Door-in-Door muzlatgichlarida suv chiqadigan teshiklarni dezinfeksiya qilish uchun, ya'ni soatiga bir marotaba (yoki istalgan vaqtda xohishga ko‘ra) bakteriya va viruslardan 99,99 foizgacha tozalash uchun ultrabinafsha LED texnologiyasidan foydalaniladi. Muzxona kamerasining qutisida joylashgan muzgenerator besh santimetrli sekin eriydigan Craft Ice™ sferik muz sharchalarini tayyorlaydi va ichimliklarni uzoq vaqtgacha salqin saqlashga, ularning tashqi ko‘rinishini esa yanada jozibaliroq qilishga yordam beradi.

Kompaniyaning modellar qatoridagi yangilik – muzxona kamerasiga ega LG muzlatgichi nafis, minimalistik interer yaratgan holda oshxona jihozlariga osongina moslashadigan qilib loyihalashtirilgan. Oraliqsiz eshik va xalqalarning tekis dizayni devor yoniga o‘rnatish uchun juda ham mos keladi va yaxlit, butun ko‘rinishni paydo qiladi.  Bu qurilmalarga mahsulotlar sofligini saqlashda optimal sharoitlar yaratish uchun LINEAR Cooling™ va DoorCooling+™ tizimlari ham o‘rnatilgan. LINEAR Cooling mahsulotlarning aynishiga asosiy sababchi bo‘lgan – harorat tebranishini yanada aniqroq nazorat uchun minimal darajada pasaytiradi. Bu vaqtda esa  DoorCooling+ strategik joylashtirilgan ventilyatsion teshiklardan kuchli havo oqimini tarqatish orqali butun muzlatgichni bir tekisda muzlatadi. Metal Fresh™ – orqa devordagi metall qoplama intererga premium joziba bag‘ishlaydi.

Yangi, mijozlarga mo‘ljallangan sun'iy intellekt platformasi tufayli ThinQ 3.0 texnologiyali LG InstaView muzlatgichi mahsulotlar ro‘yxatini tuzish, taom tayyorlash va hattoki, tozalash jarayonini sezilarli darajada osonlashtiradi. Muzlatgichga solingan yoki undan olingan har qanday narsa LG'ning tasvirlarni aniqlash yangi texnologiyasi yordamida avtomatik tarzda kuzatiladi.  Agarda qandaydir mahsulot tugayotgan bo‘lsa LG ThinQ (Android/iOS) ilovasi ularning zaxirasini to‘ldirish haqidagi eslatma xabarni yuboradi. Shuningdek, InstaView s ThinQ 3.0 muzlatgichida LINEAR Cooling, DoorCooling+ i Metal Fresh funksiyalariga ham mavjud.

AI Connect – LG ThinQ 3.0 yangiligi  oshxona jarayonlarini maksimal darajada avtomatlashtirish uchun LG kompaniyasining barcha aqlli uy qurilmalari bir-biriga simsiz tarmoq orqali ulanishiga imkon beradi. ThinQ 3.0 texnologiyali  LG InstaView muzlatgichi  o‘z egasiga mazali taomlar tayyorlash bo‘yicha takliflarini berishi, suv tozalagichga ovqat tayyorlash uchun qancha miqdorda suv kerakligi to‘g‘risida ma'lumot yuborishi hamda tanlangan retseptga muvofiq taom tayyorlash uchun yoqilgan pechni zarur haroratga sozlashi mumkin.

«LG yangi muzlatgichlari iste'molchilarga oshxona jarayonlaridan munosib ravishda zavqlanishlari uchun mahsulotlarning uzoq muddatgacha sofligi hamda foydalanishdagi misli ko‘rinmagan qulaylikni ta'minlaydi», - deya qayd etadi LG Electronics Home Appliance & Air Solution kompaniyasi prezidenti Song Daxyun.

Sentabr davomida LG quyidagi havola orqali IFA virtual ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda: www.lg.com/exhibition. Unda kompaniya oshxona uchun barcha yangi innovatsion yechimlarni namoyish etadi.

Reklama huquqi asosida

 

 

 

Mavzuga oid
Top