23:39 / 09.09.2020
7458

JSST koronavirusga qarshi vaksinalardan birining sinovlari to‘xtatilganiga izoh berdi

JSSTda AstraZeneca kompaniyasining qoronavirusga qarshi vaksinasi sinovlari to‘xtatilgani ijobiy qabul qilinib, sinovlarda ishtirok etayotgan ko‘ngillilar xavfsizligi ustuvor vazifa ekani ta'kidlab o‘tildi. Bu haqda britan-shved farmatsevtika kompaniyasi matbuot xizmati ma'lum qildi.  

JSSTda “ko‘ngillilar xavfsizligini hamda vaksinalar samaradorligi va xavfsiz bo‘lishini ta'minlash uchun barcha vaksinalar sinalganda o‘rnatilgan sinov bayonnomalariga to‘liq amal qilish” tavsiya qilingan

“Biz vaksinani ishlab chiqayotganlar sinovlarning ilmiy ishonchliligini ta'minlayotgani va vaksinalarni ishlab chiqish tamoyil va qoidalariga amal qilayotganini ko‘rishdan xursandmiz”, deb ta'kidlab o‘tilgan JSSTda.

Britaniya sog‘liqni saqlash vaziri Mett Xenkok hukumat vaksina xavfsiz ekaniga to‘liq ishonch hosil qilsagina, uni ommaviy qo‘llashga ruxsat berishini ta'kidlab o‘tgan.

Avvalroq AstraZeneca vaksinaning 3-bosqich sinovlarini ishtirokchilardan biri zararlangandan keyin to‘xtatgandi. Koronavirusga qarshi vaksina sinovlari birinchi marta to‘xtatilgan. Bunga esa vaksina olgan ko‘ngillilardan birining koronavirusga chalingani sabab bo‘lgan.  

Sinovlar mustaqil qo‘mitaga vaksinaning xavfsiz ekani haqidagi ma'lumotlarni qo‘rib chiqishga imkoniyat berish uchun to‘xtatilgan.

Mavzuga oid
Top